[object Object]О компании - Компания Metall Center

Biz haqimizda

logo"Metall Center" - metal mahsulotlar bozoridagi noyob fenomen bo'lib, u 2016 yildan buyon aholining keng qatlamiga, yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar va quruvchilarga, shuningdek davlat idoralariga turli xil metal mahsulotlarini ta’minoti bilan shug’ullanmoqda. Kompaniyaning asosiy faoliyati metal mahsulotlarini ulgurji, chakana va tashqi savdosi hisoblanadi. Kompaniya ko'p yillar davomida yirik infratuzilma va sanoat loyihalarida metal mahsulotlarini ta'minlash bilan shug'ullanib kelmoqda. "Metall Center" bozor ishtirokchilari orasida o'zining shaffof ishbilarmonlik obro'si, mijozlarga maksimal darajada e'tibor qaratish, moslashuvchan narx siyosati va qo'yilgan vazifalarni kompleks yechimi bilan taniq hisoblanadi. Ayni paytda kompaniya barcha mahalliy metal mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilari bilan, shuningdek Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston Respublikasi va Eron Respublikasining yirik sanoat kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatdi.

"Metall Center" - savdo-sanoat palatasining a'zosi bo'lib, xodimlari esa "Milliy tiklanish" Demokratik partiyasining boshlang'ich partiya tashkiloti a'zolari hisoblanadi. Shu bilan birga, korxonaning rahbariyati O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida faol jamoatchilik va ijtimoiy mas`uliyat bilan o`z ish faoliyatini olib bormoqda.

Kompaniyaning maqsadi

«Halollik, doimiy o'sish, oliy sifat, samaradorlik, moslashuvchanlik, mahsulotlarning keng assortimenti va professionallik tamoyillariga asoslangan holda metal mahsulotlari sohasida ishonchli savdo-sanoat lideri bo'lish»

Tashakkurnomalar